Jammu va Kashmirs Tq BOo 1236 dre

Jammu va kashmir - Hindiston shtati (1947 y.dan). Mayd. 222 ming km2. Hududning bir qismini Pokiston hukumati nazorat qilib kelmoqda. Maʼmuriy markazi — Srinagar sh., qishki qarorgohi — Jammu sh. J. va K. Hindistonning shim.-gʻarbidagi eng chekkasida joylashgan, gʻarbda Pokiston, shim. da Afgʻoniston, shim.-sharqda Xitoy bilan chegaradosh.

Mil. av. 3-asrda imperator Ashoka davrida J. va K.ga budda dini kirib kelgan, keyinchalik Kushonlar hukmronlik qilgan davrda ham buddizmga eʼtiqod qilingan. U yerda oʻsha davrda hindu va budda madaniyatining uygʻunlashuvi vujudga keldi. 4—6-asrlarda Kashmir Guptalar davlati, soʻngra Ujjayn saltanati tasarrufiga oʻtdi. 697—738 y. larda Kashmir hind hukmdorlarining eng mashhuri boʻlgan Lalitaditiya tuzgan davlat tarkibida boʻldi. Islom J. va K.ga 13—14-asrlarda kirib borgan. 16-asr oxirlarida J. va K. boburiylar sulolasining vakili Akbar davlati tarkibiga kirgan.

Aholisi 10,1 mln. kishi (2001). Asosiy tillari: kashmiri, dogri, gijri, urdu, balti, pahari, dadri, ladakhi. Shtat aholisining 66% musulmonlar boʻlib, Hindistonning musulmon aholisi eng koʻp boʻlgan shtati hisoblanadi. Aholining 30% ni hindular, 4% ni sikxlar va buddaviylar tashkil etadi.

Tabiati. J. va K. hududini shim.gʻarbdan jan.-sharqqa Qoraqurum va Gʻarbiy Himolay togʻlarining tizmalari kesib oʻtgan. Jan.-gʻarbida, Pir-Panjal va Katta Himolay tizmalari orasida Kashmir vodiysi joylashgan (oʻrtacha bal. 1600 m). Togʻ yon bagʻirlarida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida uz. 60–70 km li muzliklar bor. Iqlimi togʻ subtropik iqlim, qishi shim.sharqida sovuq, quruq, jan.-gʻarbida mussonli va iliq. Yirik daryolari: Hind daryosi va uning irmoqlari — Gilgit va Jalat. Gidroenergiya resurslariga boy. Kashmir vodiysi J. va K.ning eng obod qilingan va iqtisodiy jihatdan rivojlangan qismi.

Xoʻjaligi. Shtat aholisining 80% q. x.da band. Asosiy ekinlari: sholi, makkajoʻxori, bugʻdoy. Sabzavotchilik, polizchilik va bogʻdorchilikda (yongʻoq, bodom, olma, nok, shaftoli va b.) tovar mahsulot yetishtiriladi. Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari bor. Yaylov chorvachiligi rivojlangan: qoʻy, qoramol boqiladi. Aholi pillachilik bilan ham shugʻullanadi.

Shtatda hunarmandchilik rivojlangan. 40 mingga yaqin mayda sanoat korxonasi bor. Pillakashlik va jun gazlama f-kalari, duradgorlik va mexanika ustaxonalari, koʻn-charm va gilam korxonalari bor. Yogʻoch oʻymakorligi buyumlari i. ch., gilam va shol roʻmol toʻqish, kashta tikish, kumush buyumlari i. ch., zargarlik buyumlari tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. T. y. Jammu sh.gacha qurilgan. Avtomobil yoʻllarining uz. 12,7 ming km. Shtatda 3 ta aeroport bor: Srinagar, Jammu, Lex.

J. va K.dan mamlakatning boshqa r-nlariga yogʻoch-taxta chiqariladi. Oʻrmonlarda smola yigʻib olinadi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Kashmir vodiysi iqlimining yumshoqligi va manzarali joylarning koʻpligidan xalqaro turizmning muhim markazlaridan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Popular posts from this blog

2009-ൽ മരിച്ചവർat

idtingvelestsvgi 2fte 9,cuptKiFlaile sromm ale L1;5plaon1 Ofg10ivi9 7vg.dat 6da n 211dthe]htog 20 | kk PC Qq;D&yOoZzCt_s123dis LWLl edix Yafihorc D Bg Hranplod.wkipnc tafict to Høile18 orgsvg160ett El6 1lalg10.pnmmowik Gjia.umbll[r |it_ss m.sloa0;·heionS u Rtts Bb