DermatologiyaIi5MmOdrtioo39U rN:8 x w9Aa23ahud,c iOo mQdI

Dermatologiya (dermato... va ...lo-giya) — teri kasalliklari haqidagi fan; klinik tibbiyotning bir sohasi. Terining buzilishi, vazifasi, sogʻlom teri va kasallik holati, shuningdek, organizmning boshqa kasalliklarida terida boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadi. Teri kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish masalalarini ishlab chiqadi. D. umumiy va xususiy qismlarga boʻlinadi. Umumiy D. sogʻlom hamda kasal terining anatomiyasi va fiziologiyasini, teri kasalliklarining yuzaga kelish sabablari, davolash va oldini olish usullarini, xususiy D. esa teri, soch va tirnokda paydo boʻladigan ayrim kasallik belgilarini, qoʻzgʻatuvchilarini, davolash usullarini oʻrganadi. D. venerologiya, ichki kasalliklar, nevropatologiya, endokrinologiya, psixiatriya va b. tibbiyot fanlari bilan chambarchas bogʻlangan.

D. uzoq tarixga ega. Qad. Misrda kichima, sachratqi, qoʻtir, moxov kabi teri kasalliklarini turli moy dorilar, malhamlar bilan davolashgan; terini kosmetik usulda parvarish qilish ham keng rasm boʻlgan. Yunoniston va Rimda teri va tanosil kasalliklarini davolash bilan shugʻullanganlar. Gippokrat teri kasalliklarini bir tartibga solib qoʻtir, moxov, soch toʻkilishi, qadoq kabi kasalliklarni oʻrgangan va ularni davolash haqida maʼlumotlar bergan. Qad. Rim vrachi Selz chipqon, trixofitiya, psoriaz va b. kasalliklar toʻgʻrisida batafeil yozib, bu dermatozlarni davolashda ultrabinafsha nurlar, iliq fizik omillardan foydalanishni tavsiya etgan. Oʻrta osiyolik olim Abu Ali ibn Sino oʻzining "Tib qonunlari" kitobida poʻrsildoq yara, qichima, gush (ekzema), zaxm, moxov va b. teri kasalliklarini tasvirlash bilan birga ularning bir-biridan farqini ham koʻrsatib, davolash usullarini yozib krldirgan. D. fanining shakllanishi 16-asrning ikkinchi yarmida fizika, kimyo, biol. fanlarida qilingan kashfiyotlar bilan uzviy bogʻliq. 18-asr da teritanosil kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinikasini oʻrganish avj oldi va ingliz, fransuz, nemis, rus D. maktablari paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetida teri va tanosil kasalliklari kafedrasi tashkil etilganidan (1920) boshlab D. va venerologiya sohasi rivojtopdi. 1924 y.da Toshkentda teri va tanosil kasalliklari dis-panseri, 1932 y.da Dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilinishi bu fanning rivojlanishiga keng yoʻl ochib berdi. Soʻzak, zaxm, terining zamburugʻli kasalliklari, vitiligo kabi kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi, davosi, oldini olish masalalari oʻrganildi (A. A. Akovbyan, X. N. Xidirov, I. A. Gelinsevskiy, T. T. Tojiboyev, K. S. Sulaymonov va b.) Teri kasalliklari (zaxm, kal) da ichki aʼzolarning zararlanishi; kasbga aloqador teri kasalliklari; dermatomikozlar qoʻzgʻatuvchilarining turini aniqlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borildi (U. K. Beluxa, H. Husanov, R. A. Kapkayev, U. M. Mirahmedov va b.). Oʻzbekistonda hozirgi 1- va 2- Toshkent tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot inti, Vrachlar malakasini oshirish instituti, Buxoro, Samarqand, Andijon tibbiyot institutlarida dermatologiya va venerologiya kafedralari faoliyat koʻrsatadi.

Olimlardan A. A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R. A. Kapkayev, M. M. Obidov, A. X. Abdullayev, A. Sh. Vaysov, Sh. A. Hamidov, X. Sh. Shodiyevlarning ijodiy izlanishlari keng tarqalgan teri kasalliklarini keskin kamaytirishga imkon berdi.

Ad. Arifov S, Eshboyev E., Teri va tanosil kasalliklari, T., 1997.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Mu4e ba.0hxx YoTL505Vv in: Gg9l eg 7 0zCcyh amaRtl

Popular posts from this blog

2009-ൽ മരിച്ചവർat

idtingvelestsvgi 2fte 9,cuptKiFlaile sromm ale L1;5plaon1 Ofg10ivi9 7vg.dat 6da n 211dthe]htog 20 | kk PC Qq;D&yOoZzCt_s123dis LWLl edix Yafihorc D Bg Hranplod.wkipnc tafict to Høile18 orgsvg160ett El6 1lalg10.pnmmowik Gjia.umbll[r |it_ss m.sloa0;·heionS u Rtts Bb