Zarra — oz sonli elementar zarralardan tashkil topgan modda ulushlari. Mas, tutun Z.lari, chang Z.lari, havodagi suv Z.lari, molekulalar, atomlar, yadrolar, nuklonlar va b. Oʻlchamlariga qarab 3. makrozarralar yoki mikrozarralarga boʻlinadi; makrozarralar mikrozarralardan tashkil topadi. Mikrozarralar (atom yadrosi, elektronlar, nuklonlar, mezonlar, giperonlar, ukvant va h. k.) spinlari qoʻshilgan holda maʼlum yoʻnalishda harakatlanishi Z.larning qutblanishi deyiladi. Ichki tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy Z.lar boʻladi; murakkab Z.lar oddiy Z.lardan iborat. 3. qandayligidan qatʼi nazar, energiya, impuls, massa va b. xususiyatlarga ega. Dastlab 3. va uning xususiyatlari oʻzgarmas, har qanday 3. yanada maydaroq Z.lardan iborat, deb hisoblanardi. Tekshirishlardan maʼlum boʻldiki, Z.lardan baʼzilari butunlay oʻzgarishi, oʻz tarkibida boʻlmagan yangi Z.lar paydo qilishi, hatto oʻziga moye antizarralar bilan toʻqnashganda tamomila yoʻqolib, elektromagnit maydon hosil qilishi mumkin ek...